Ochiq muloqot
2026-04-23 10:10:00 / Yangiliklar

2026-yil 24-aprel kuni soat 11.00 da O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi rahbariyati ishtirokida madaniy meros sohasiga oid dolzarb muammolarni o‘rganish ularning yechimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirda Agentlikning Badiiy ekspertiza, Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, Kadastr hisobini yuritish, obyektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Jamoatchilik kengashi a’zolari, sohaga aloqador mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, tadbirkorlar hamda sohaga aloqador bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar ochiq muloqotda ishtirok etishga taklif etiladi.
Ochiq muloqot doirasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, restavratsiya va konservatsiya ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: Ochiq muloqot Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani Amir Temur shoh ko‘chasi, 110/1-uy. Ochiq muloqotga marhamat!
Murojaat uchun: +998990259397
Mazkur tadbirni keng yoritish borasida barcha ommaviy axborot vositalarini hamkorlikka taklif etamiz.
