Madaniy meros obyektlari bo‘yicha nazorat keskin kuchaytiriladi va doimiy tizimga o‘tkaziladi
2026-04-17 16:00:00 / Yangiliklar

Birinchi bosqichda joriy yilning 21–23-aprel kunlari Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Elmurod Najimov boshchiligidagi ishchi guruh poytaxtdagi yodgorliklarni reja bo‘yicha to‘liq va prinsipial monitoringdan o‘tkazadi.
Har bir obyektning bugungi holati, unga yetkazilgan zararlar, muhofaza tizimi, belgilar hamda olib borilayotgan restavratsiya ishlari joyida, qat’iy tartibda tekshiriladi. Kamchiliklar yashirilmaydi, loqaydlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
