#rasmiy_munosabat
2026-04-14 14:05:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqanddagi bu joy rostan ham qulab ketishi mumkinmi?” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlardan foydalanishni takomillashtirish hamda ularni samarali boshqarish maqsadida ayrim obyektlar tegishli tartibda biriktirilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2028-yil 28-avgustdagi 708-sonli farmoyishida keltirib o‘tilgan. Ushbu farmoyishga asosan Samarqand shahrida joylashgan “Xo‘ja Doniyor” majmuasi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga tekin foydalanish sharti bilan biriktirilgan.
Hozirgi vaqtda obyektning texnik holati yuzasidan nazorat o‘rnatilgan. Majmuaning saqlanishi, ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlash hamda ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan tegishli tashkilotlarga zarur ma’lumotlar taqdim etildi. Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan obyektning joriy holatini o‘rganish, zarur hollarda mustahkamlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz.
