Madaniy meros sohasida ilmiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi
2026-04-13 11:40:00 / Yangiliklar

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda “Madaniy meros” ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat mamlakatimizda madaniy merosni asrash, uni ilmiy asosda o‘rganish va samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
Memorandum doirasida madaniy meros sohasida ilmiy-tahliliy materiallar tayyorlash, ekspertlik xulosalarini shakllantirish, parlament nazoratini ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlash hamda sohadagi dolzarb muammolar yuzasidan taklif va yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Ta’kidlash joizki, ushbu hamkorlik madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ularni ilmiy asosda saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.


