#rasmiy_munosabat
2026-04-07 20:30:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Qo‘qon shahrida joylashgan madaniy meros obyektlari yuzasidan tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Madaniy meros agentligining 2026-yilgi manzilli dasturiga muvofiq, Qo‘qon shahrida joylashgan “Mahalla” masjidi, “Xudoyorxon o‘rdasi” hamda “Xurjun” madrasasida joriy ta’mirlash-tiklash va restavratsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu jarayon doirasida Agentlik huzuridagi Ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yodgorliklarning loyiha-smeta hujjatlari to‘liq yakunlangach, belgilangan tartibda ta’mirlash-tiklash ishlari boshlanadi. Shu bilan birga, ishlarni boshlashdan oldin ushbu inshootlarning hozirgi holatini aks ettiruvchi foto va video materiallar tayyorlanishi, shuningdek, restavratsiya jarayonining barcha bosqichlarini muntazam ravishda yoritib borish ko‘zda tutilgan.
Mazkur yondashuv maskanlarning asl qiyofasini saqlab qolish, keng jamoatchilik xabardorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.
