Madaniy meros agentligida ijro intizomi yuzasidan MA’LUMOT
2026-04-01 11:40:00 / Majlislar
Madaniy meros agentligida ijro intizomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6166 va PQ-117-son hujjatlarida belgilangan talablar asosida tashkil etilgan.
Xususan, 2026-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan 37 ta, Prezident Administratsiyasi rahbarining 8 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 12 ta topshirig‘i bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Mazkur topshiriqlar ijrosi oy yakuniga qadar to‘liq va belgilangan muddatlarda ta’minlandi.
Shuningdek, 2026-yil aprel oyida ijro muddati belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlaridagi 27 ta, Prezident Administratsiyasi rahbarining 9 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 3 ta topshirig‘i ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
