“Temuriylar davri durdonalari” ko‘rgazmasiga marhamat!
2026-03-31 16:40:00 / Yangiliklar

2026-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Temuriylar davri durdonalari” nomli ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi. Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etilib, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlanadi.
Ko‘rgazmada Temuriylar davrining boy tarixiy va madaniy merosini aks ettiruvchi noyob amaliy san’at namunalari, tarixiy ashyolar hamda o‘sha davrga oid madaniy yodgorliklar namoyish etilishi rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rgazma faqat 2026-yil 3-aprel kunigina soat 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.
Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi ko‘chasi, 36-uy.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazmaga kirish bepul, tashrif buyuruvchilar faqat muzey chiptasini xarid qilishlari lozim.
