Niderlandiyaning “IDTV” telekanali ijodkorlari Buxoroda
2026-03-27 16:45:00 / Yangiliklar

Niderlandiyaning nufuzli “IDTV” telekanali tomonidan O‘zbekistonning qadimiy va betakror shaharlaridan biri Buxoro viloyatida hujjatli film suratga olish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha “Dunyo bo‘ylab poyga” nomli xalqaro hujjatli filmning navbatdagi soni bo‘lib, unda Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi, me’moriy yodgorliklari hamda zamonaviy turizm salohiyati keng yoritilishi rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda ijodiy guruh Buxoro viloyatida bo‘lib, hududning diqqatga sazovor maskanlari, qadimiy obidalari va milliy an’analari asosida tasvirga olish jarayonlarini amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha orqali Buxoroning tarixiy qiyofasi, boy madaniy merosi hamda turizm imkoniyatlari xalqaro auditoriyaga keng namoyish etilishi kutilmoqda.



