#Taʼziyanoma
2026-02-06 10:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Sergey Yesenin nomidagi davlat muzeyida uzoq yillar davomida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritib kelgan taniqli o‘zbekistonlik tarixchi, oʻlkashunos, jurnalist va yozuvchi Boris Anatolyevich Golenderning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlari, hamkasblari va shogirdlariga chuqur taʼziya va hamdardlik izhor etadi.
O‘zbekiston, xususan, Toshkent shahri tarixini o‘rganish va targ‘ib etishga salmoqli hissa qo‘shgan Boris Anatolyevich Golender 78 yoshida olamdan ko‘z yumdi. U faoliyati davomida yurtimiz tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan 100 dan ortiq ilmiy-ommabop kitoblar, maqolalar hamda turistik yo‘lko‘rsatkichlar muallifi sifatida keng jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Marhumning yorqin xotirasi, uning poytaxtimizning serqirra tarixidan hikoya qiluvchi, radio tasmalariga muhrlanib qolgan mehrga to‘la ovozi uning hamkasblari, yosh izdoshlari va zamondoshlari qalbida fidoyi, bilimdon va kamtar inson sifatida mangu saqlanib qoladi.
