“Ichan-qal’a” ochiq osmon ostidagi muzey
2024-05-23 15:20:00 / Yangiliklar
Xiva shahrining markazida joylashgan “Ichan-qal’a” majmuasida 58 ta madaniy meros obyekti va arxeologiya yodgorligi mavjud. Majmua 26 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, uni “Ichan-qal’a”ning ko‘hna devorlari o‘rab turadi.

Qal’aga kirish uchun asosiy 4 ta darvoza mavjud. “Ichan-qal’a” muzey-qo‘riqxonasining 17 ta muzey bo‘limida 28 dan ortiq ekspozitsiya mavjud bo‘lib, Xorazm va Xiva tarixining ma’lum bir davlarini o‘zida aks ettiradi.
Hozirgi vaqtda muzey-qo‘riqxona hududida 360 xonadonda 3000 nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Bugungi kunda muzeyda 50 000 dan ortiq tarixiy eksponat va ashyolar saqlanadi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida deyarli barcha muzeylarda audiogid xizmati va ma’lumotlarni 3 ta tilda bayon qiluvchi QR kodli texnologiyalar mavjud.
