#rasmiy_munosabat
2024-05-03 10:50:00 / Yangiliklar
Ommaviy axborot vositalarining birida Buxoro amirining Karmanadagi vayronaga aylangan saroy suratlari tarqaldi. Madaniy meros agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan vaziyat atroflicha o‘rganib chiqildi. Holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Hozirgi kunda ushbu obyektda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar belgilangan tartibda moliyalashtirilib, Madaniy meros agentligi huzuridagi “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi” direksiya markazi hamda pudratchi tashkilot o‘rtasida shartnomalar tuzilib, ta’mirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda.
Yodgorlikning murakkablik darajasi hamda uning ko‘lamini inobatga olgan holda mazkur obyektni topshirish ishlari 2025-yilning IV-choragiga rejalashtirilgan.
Madaniy meros agentligi bu kabi holatlarga keng jamoatchilikning befarq emasligi hamda madaniy meros obyektlarini asrab-avaylashga o‘z hissalarini qo‘shayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.
