Ilmiy-ekspert kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida qator muhim masalalar ko‘rib chiqiladi
2025-12-01 11:55:00 / Yangiliklar

2025-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahrida Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish kun tartibiga madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zararlarni baholash, shuningdek bir qator yodgorliklarda ta’mirlash va restavratsiya loyihalarini ko‘rib chiqish masalalari kiritilgan.
Kun tartibiga 13 ta masala kiritilgan bo‘lib, unda Buxoro Namangan, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan arxeologiya va arxitektura yodgorliklariga yetkazilgan zarar bo‘yicha tarixiy-madaniy ekspertizalar o‘tkaziladi. Shuningdek, majlisda qator obyektlarda olib boriladigan ta’mirlash va restavratsiya loyihalari ko‘rib chiqiladi.
Ilmiy-ekspert kengashi kun tartibidagi masalalarning to‘liq ro‘yxati bilan Madaniy meros agentligining rasmiy saytida tanishib chiqish mumkin.
