Маnfaatlar to'qnashuvi to‘g‘risida qonun (2024-yil 5-iyun №O’RQ-931)
2026-01-13 08:00:00 / Yangiliklar

18-modda. Extimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi.
Davlat organining yoki tashkilotning xodimi shaxsga doir ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda extimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirishi va har yili 15-yanvardan kechiktirmasdan maxsus bo‘linmaga taqdim etishi kerak.
Davlat organiga yoki boshqa tashkilotga ishga qabul qilinayotgan nomzod shuningdek boshqa ishga o‘tkazilgan xodim ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi deklaratsiyani to‘ldirishi va taqdim etishi kerak.
19-modda. Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya uni toldirgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining (ishonchli shaxsning) o‘z qo‘li bilan qo‘yilgan imzosi yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Xodim mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida mavjud manfatlar to‘qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to‘dirishi va bevosita rahbariga yoki maxsus bo‘linmaga taqdim etishi shart.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shu’basi
