Fargʻona viloyat IIB boshligʻi tomonidan navbatdagi qabul oʻtkazildi
2025-11-02 09:55:00 / Yangiliklar

Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni eshitish va hal qilish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash, Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan bugun qabullar oʻtkazildi.
Qabul davomida 43 nafar fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 14 tasi joyida ijobiy hal etildi.
11 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 18 ta murojaat boʻyicha kompleks oʻrganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha masʼullariga alohida vazifalar yuklatildi va nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





