Qashqadaryo viloyati IIBda bir guruh kinologlarga “III toifali kinolog” koʻkrak nishonlari topshirildi
2025-10-29 15:25:00 / Yangiliklar
“25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB JTSB Kinologiya boʻlinmasida xizmat faoliyatida alohida fidoyilik va masʼuliyat koʻrsatgan bir guruh kinolog xodimlarga “III toifali kinolog” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar kinologiya xizmatining jinoyatchilikka qarshi kurashish, giyohvandlik vositalari va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanmasini fosh etish, shuningdek, xavfsizlikni taʼminlashdagi oʻrni beqiyos ekanini taʼkidlashdi.
Ushbu mukofotlar ichki ishlar organlarida yuksak masʼuliyat, sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilayotgan kinologlar mehnatiga berilgan munosib eʼtirof boʻldi.
Bir soʻz bilan aytganda, kasb bayrami arafasida oʻtkazilgan ushbu marosim xodimlarni yangi yutuqlarga ilhomlantirib, ularning xizmat burchiga boʻlgan masʼuliyatini yanada oshirdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









