Andijon viloyatida Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan tizimli oʻrganishlar olib borilmoqda
2025-10-23 10:25:00 / Yangiliklar

Oʻrganishlar davomida IIB tizimidagi xodimlar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning xizmat jarayoni, moddiy-texnik taʼminot, jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajasi, taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlarining tashkil etilishi, kadrlar tanlovi va tayyorgarligi holati sinchiklab tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, xodimlar tomonidan xizmat intizomiga rioya etilishi, profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha faoliyat samaradorligi yuzasidan ham atroflicha oʻrganishlar amalga oshirilmoqda.
Aniqlangan kamchiliklar va muammolar yuzasidan joyida tegishli koʻrsatmalar berilib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilanmoqda.
Ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









