IIV Akademiyasida ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi
2025-10-22 09:55:00 / Yangiliklar

Vazirlik Tashkiliy departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda “tashkiliy-shtab faoliyati” taʼlim yoʻnalishi kursantlari hamda ixtisoslik kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar murojaatlar bilan ishlash tartibi, ayni jarayonda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari, murojaatlar bilan bogʻliq qonunbuzilish holatlari, javobgarlikni keltirib chiqaruvchi holatlar va boshqa muhim jihatlarga toʻxtalib oʻtishdi.
Ochiq muloqot chogʻida kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga amaliy tavsiya va javob oldilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati




