Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Andijon shahri va Andijon tumanlarida aholi osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan tungi faoliyat oʻrganildi
2025-10-17 11:45:00 / Yangiliklar

Dastlab, Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxonasiga tashrif buyurib, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash sharoiti bilan yaqindan tanishib, kunlik xizmatga tushgan va navbatchilik qismi xodimlariga qoʻshimcha yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Shuningdek, Andijon shahrida joylashgan viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markaziga borilib, markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi.
Bundan tashqari, Andijon tumani Doʻngqishloq mahallasiga tashrif buyurilib, xavfsiz muhitni taʼminlash borasidagi ishlar ahvoli oʻrganildi. Tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan bilan suhbatlashilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Doʻngqishloq mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika inspektori mayor Soliyev Muhammadrizoning xizmat faoliyati oʻrganilib, u tomonidan berilgan takliflar boʻyicha hududga qoʻshicha patrullik yoʻnalishlari ajratiladigan boʻldi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









