Buxoro viloyatida reabilitatsiya markazini rekonstruksiya qilish boʻyicha amaliy choralar belgilandi
2025-10-16 18:40:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga Buxoro viloyati IIB boshligʻi hamda viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, shuningdek, IIBning sohaviy xizmatlar rahbarlari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida, markazdagi mavjud sharoitlar atroflicha koʻzdan kechirilib, bino va infratuzilmaning joriy holati oʻrganildi. Shu bilan birga, reabilitatsiya jarayonini yanada samarali tashkil etish, yashash va tibbiy yordam koʻrsatish sharoitlarini yaxshilash maqsadida binoni rekonstruksiya qilish masalalari koʻrib chiqildi.
Mutasaddi rahbarlar tomonidan mavjud muammolar yuzasidan qurilish sohasidagi mutaxassislar bilan muloqot oʻtkazilib, zarur boʻlgan taʼmirlash va yangilash ishlari boʻyicha aniq topshiriqlar va bajarilish muddatlari belgilab olindi.
Mazkur tashrif doirasida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlarni zamon talablariga moslashtirish hamda reabilitatsiya jarayonining sifatini oshirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






