Buxoroda “CAVA College University Volleyball Championship 2025” ochilish marosimi boshlandi!
2025-10-16 11:25:00 / Yangiliklar

Ayni damda Buxoro shahridagi “UNIVERSAL” sport majmuasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng kuchli voleybol jamoalari ishtirokida yirik xalqaro musobaqa — “CAVA College University Volleyball Championship 2025” chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazilmoqda.
Maydonda ishtirokchi jamoalar saf tortib, oʻz davlat bayroqlari ostida qad rostlagan. Sport ixlosmandlari, mehmonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari zalni toʻldirib, musobaqaning ochilish lahzalarini katta qiziqish bilan kuzatishmoqda.
Ochilish marosimida, Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripov boshchiligidagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Biz bilan birga boʻling, musobaqaning eng hayajonli onlarini kuzatishda davom eting!






