Navoiy viloyati IIBda huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi
2025-10-14 23:00:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishida mahallalar, koʻchalar, qurilishlar atrofi, ariqlar, xiyobonlarda ozodalikni taʼminlashga alohida ahamiyat qaratilishi taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan Navoiy viloyati IIBda viloyat hokimligi, Prokuratura, Ichki ishlar hamda Milliy gvardiya boshqarmalarining mutasaddilari shuningdek, hududlar sanitariya va toza-ozodaligiga masʼullar ishtirokida yigʻilish tashkil etildi.
Unda mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish boʻyicha viloyatda 24 soatlik shtab faoliyatini yoʻlga qoʻyish, jamoatchilik oʻrtasida targʻibotlarni amalga oshirish, nazoratni kuchaytirish, zarur boʻlganda qonuniy chora koʻrish lozimligi kabi masalalar oʻrtaga tashlandi va muhokama etildi.
Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim ishlar yuzasidan masʼullar bilan kelishib olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati









