Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining aholi murojaatlariga bagʻishlangan navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2025-10-14 22:35:00 / Yangiliklar
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Farrux Haydarovning navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi. Unda fuqarolarning ichki ishlar organlariga doir murojaatlari, mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlar jarayonida boshqarma boshligʻi barcha murojaatlarni atroflicha tinglab, ularni qonuniy tartibda hal etish boʻyicha zarur choralarni koʻrdi. Ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa yana baʼzi murojaatlar vaqt va oʻrganish talab qilganligi bois ijrosi nazoratga olindi.
Oʻtkazilgan , bunday yuzma-yuz muloqotlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi rejalashtirilgan boʻlib, har bir murojaat va taklif alohida eʼtiborga olinadi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






