“CAVA College University Volleyball Championship 2025” musobaqasiga tayyorgarlik jarayonlari oʻrganildi
2025-10-14 22:20:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 15–19-oktyabr kunlari Buxoro shahridagi “UNIVERSAL” sport majmuasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “CAVA College University Volleyball Championship 2025” xalqaro sport musobaqasining yuqori saviyada oʻtishini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi sport majmuasiga tashrif buyurib, tayyorgarlik jarayonlarini oʻrganib chiqdi.

Tashrif davomida, sport majmuasining texnik holati, xavfsizlik choralari, tashkiliy masalalar hamda musobaqani oʻtkazish uchun yaratilayotgan sharoitlar atroflicha koʻzdan kechirildi. Shuningdek, boshqarma boshligʻi tashkilotchilar, hakamlar va masʼul xodimlar bilan suhbatlashib, musobaqaning yuqori saviyada va tartibli oʻtishini taʼminlash yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, sportchilar va tomoshabinlar uchun barcha zarur qulayliklarni yaratish boʻyicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






