Surxondaryo viloyati “Jasorat maktabi” tarbiyalanuvchilari manzil-koloniyada boʻlishdi
2025-10-14 21:15:00 / Yangiliklar

Jarqoʻrgʻon tumanidagi harbiy qismda tashkil etilgan oʻquv yigʻinida, yoshlar oʻzlarining bilim saviyalarini, vatanga boʻlgan muhabbatini yanada oshirish borasida oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlari bilan birga ularga hayotiy voqeliklar misolida ham tarbiyaviy mashgʻulotlar olib borilmoqda.
Xuddi shunday mashgʻulotlardan biri sayohat tarzida tashkil etildi. Bunda yoshlar Sherobod tumanidagi 4-mintaqaviy hudud 41-son manzil koloniyasiga olib borilib, ushbu maskanda jazo muddatini oʻtayotganlarning hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Ular bilan suhbatlashildi.
Qilingan sayohat davomida, oʻzlarining kelajagi uchun toʻgʻri yoʻlda yurish, oʻz bilim saviyalarini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyat olamidan uzoq yurish, salbiy xatti-harakatlarning oqibati yaxshilik bilan tugamasligi boʻyicha oʻzlariga toʻgʻri boʻlgan xulosalarga ega boʻlishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati




