Qashqadaryo viloyati IIBda Aralash jang sanʼatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2025-10-14 11:35:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatovning Aralash jang sanʼati (MMA) assotsiatsiyasining yangi raisi etib tayinlanganligi ishtirokchilarga bildirildi.
Boshqarma boshligʻi oʻz soʻzida bu sport turini ommalashtirish mamlakatimizda yoshlarning musobaqalardagi ishtirokini munosib ragʻbatlantirish, hududlar miqyosida muntazam musobaqalar tashkil etish, murabbiylar mahoratini oshirish lozimligini taʼkidladi.
Aralash jang sanʼatini yanada rivojlanishi uchun soha moddiy texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport sharoitlarini yaratish ishlarini yanada kuchaytirish lozim.
Bu kabi saʼy-harakatlar sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlodni tarbiyalashga, professional sportchilar safini kengayishiga xizmat qilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi katta ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati





