Namangan viloyati IIB boshligʻi tomonidan hududlarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi
2025-10-14 10:55:00 / Yangiliklar

Jumladan, bugun boshqarma boshligʻi tomonidan Toʻraqoʻrgʻon tumanining “Qodirobod”, Chust tumanining “Hisorak” va “Yettiqoʻrgʻon”, shuningdek, Pop tumanining “Chigʻanoq” va “Yuqori Chodakboshi” mahallalarida sodir etilgan oila-turmush doirasidagi, ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar tuman hokimlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari va mahalla faollari ishtirokida kengaytirilgan tarzda muhokama qilindi.
Muhokamada mazkur jinoyatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻygan masʼullar faoliyati keskin tanqid qilinib, mahallalarda tizimli ish tashkil etmagan, nizoli oilalar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazmagan yettilik aʼzolari, shuningdek, alohida nazorat talab etuvchi shaxslar bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmagan mutaxassis xodimlar qatʼiy ogohlantirildi.
Bu kabi muhokama jarayonlari viloyatning barcha shahar va tumanlarda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









