Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Buxoro viloyatidagi oʻrganishlari doirasida Qorovul qoʻshinlari 7536-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi
2025-10-14 00:55:00 / Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan harbiy xizmatchilarga dunyoda va qoʻshni davlatlarda yuzaga kelayotgan harbiy siyosiy vaziyatlardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda sodir etilishi mumkin boʻlgan har qanday holatlarga ruhan va jismonan tayyor boʻlishlari, vatanparvar, sergak va ogoh boʻlib harbiy xizmatni olib borish zarurligini taʼkidlab oʻtdilar.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat olib borish jarayonlari, oʻzaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, kelgusidagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan oʻzining takliflarini berib oʻtdi.
Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida serjant va ofitserlarning masʼuliyatini oshirish kerakligini taʼkidlab, boʻlinmalarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va navbatchilarning xizmat olib borishi boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining Buxoro viloyatidagi oʻrganishlari davom etmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati






