Jizzax viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-10-13 12:20:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirovning shaxsiy qabul oʻtkazildi. Qabulda 35 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari oʻzlarini qiynayotgan qator masalalarni hal etishda koʻmak soʻrashdi. Xususan, ishga kirish, ish joyini oʻzgartirish, qonunbuzar va firibgarlarni javobgarlikka tortish kabi masalalar koʻtarildi. Bir necha yoshlar esa IIOda xizmat qilish istagi borligini aytishdi.
Muloqotda koʻtarilgan har bir masala masʼullar ishtirokida koʻrib chiqilib, murojaatlarni oʻz vaqtida hal etish boʻyicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati




