Toshkent viloyatida Tashkiliy boʻlim va boʻlinmalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminar tashkil etildi
2025-10-12 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishga asosan, Toshkent viloyati boʻyicha Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarida ijro va xizmat intizomi ahvoli, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish, ijro intizomini mustahkamlash, shuningdek, Tashkiliy boʻlim va boʻlinmalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Seminarda ichki ishlar organlari oldiga qoʻyilgan vazifalarning joylarda ijrosini samarali tashkil etish, xizmatni oʻtash davomida vazirlikning meʼyoriy hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etish, ijro intizomini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan ishtirokchilarga batafsil tushunchalar yetkazildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan va masʼuliyat bilan bajarishlarini taʼminlash, ularning xizmat faoliyatini muntazam nazorat qilib borish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati



