IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2025-10-11 17:10:00 / Yangiliklar
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati tomonidan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazilib, tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarning muammolarini bevosita eshitish hamda joylarda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishdan iborat boʻldi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar, jumladan, transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, haydovchilik guvohnomalarini olish, yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat rahbariyat tomonidan batafsil oʻrganilib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan boʻlsa ayrim masalalar esa nazoratga olinib, ularning ijrosi belgilangan muddatda taʼminlanadigan boʻldi.
Bunday sayyor qabullar aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, muammolarni tezkorlik bilan hal etish va xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati








