Nurota tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda viloyat IIB boshligʻi fuqarolar murojaatlarini oʻrgandi
2025-10-11 16:25:00 / Yangiliklar

Qabulda hokimlik, viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Viloyat IIB boshligʻi Nurota tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda sud-huquq, ijtimoiy, tibbiy, moddiy yordam masalalari bilan kelgan 10ga yaqin fuqarolar murojaatini tingladi. Aksar muammolar hamkor mutasaddilar bilan birgalikda joyida hal etildi, baʼzilari yuzasidan oʻrganilishi boʻyicha topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati





