“Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targʻibotchisi” tanlovining hududiy bosqichi oʻtkazildi
2025-10-11 15:25:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida tanlovning hududiy bosqichi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Unda mintaqaviy markazlarda gʻolib boʻlgan 6 nafar nomzod jismoniy tayyorgarlik, maʼnaviy bilim va Prezident farmonlari, vazirlik buyruqlari boʻyicha savol-javob sinovlarida bellashishdi.
Natijalarga koʻra, Birinchi mintaqaviy hudud 48-son manzil-koloniyasi boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari kapitan Niyozov Javlon Ixtiyorovich gʻolib deb topilib, Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Gʻolib va sovrindorlarga diplom hamda tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Maʼnaviyat va maʼrifat targʻibotiga qaratilgan bunday tanlovlar tizimda izchil davom ettirilmoqda.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati



