Namangan viloyati IIB rahbariyati Yangiqoʻrgʻon tumani IIB xodimlarining aholi osoyishtaligini taʼminlashdagi tungi faoliyatini oʻrgandi
2025-10-10 09:53:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha kunu-tun xizmat olib borilmoqda. Mazkur tungi xizmat samaradorligini yanada oshirish maqsadida viloyat IIB rahbariyati tomonidan oʻrganishlar olib borilib, amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Jumladan, bu kabi oʻrganishlarning navbatdagi manzili Yangiqoʻrgʻon tumani boʻlib, dastlab “Qoʻriq” mahallasi hamda tuman markazida tungi xizmatni amalga oshirayotgan xodimlarning faoliyati tahlil qilindi va ularga tegishli koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga, koʻp qavatli uylar atrofiga koʻrilgan xavfsizlik chora-tadbirlari ham tekshirildi.
Shuningdek, tuman elektr tarmoqlari korxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi oʻrganilib, mutaxassis xodimlar bilan suhbatlashildi va zaxira omborlaridagi ehtiyot qismlarning texnik holati koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida tungi xizmatni samarali tashkil etish, aholi tinchligini taʼminlash hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan masʼullar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









