Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovining taʼlim muassasasi bosqichi oʻtkazildi
2025-10-10 09:50:00 / Yangiliklar

Unda test sinovlaridan yuqori natijani qayd etgan 18 nafar ishtirokchi “Buyuk mutafakkir va adib”, “Badiiy adabiyot bilimdoni” va “Men sevgan adib” shartlari boʻyicha bellashdi.
Munozaralarga boy oʻtgan tanlov yakunida 1-oʻrin Ichki ishlar organlarining maʼmuriy faoliyati kafedrasi katta oʻqituvchisi, podpolkovnik Nilufar Nasriddinovaga, 2-oʻrin Jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati fakulteti katta oʻqituvchi-metodisti, kapitan Sitora Saidovaga, 3-oʻrin Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va mukofotlash boʻlimi bosh inspektori, mayor Farhod Meliqulovga nasib etdi.
Gʻolib ishtirokchi koʻrik-tanlovning kelgusi hafta Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtadigan vazirlik bosqichida qatnashish imkonini qoʻlga kiritdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati





