Aholi bilan ochiq muloqot — samarali yechimlar sari
2025-10-10 09:45:00 / Yangiliklar

Koson tumani madaniyat markazida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvohid Ismoilov ishtirok etib, hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillarining murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan ijtimoiy, maishiy va kundalik turmush bilan bogʻliq muammolar atroflicha oʻrganildi. Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, yechimi vaqt talab etadigan masalalar boʻyicha esa masʼul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, murojaat etgan fuqarolarga ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar ham berildi.
Qabul yakunida yoshlar bilan muloqot oʻtkazilib, birinchi marta fuqarolik pasportini olayotgan yoshlarga tantanali ravishda ID-kartalar topshirildi. Bu orqali ularga davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratib berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati






