Namangan viloyati IIB boshligʻining Yangi Namangan tumani fuqarolari uchun sayyor qabuli oʻtkazildi
2025-10-10 09:35:00 / Yangiliklar

Yangi Namangan tumanining “Goʻzal” mahallasi binosida boʻlib oʻtgan qabul davomida 12 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





