Sirdaryo viloyati IIBda voleybol sport turini ommalashtirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi
2025-10-08 12:20:00 / Yangiliklar

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda barcha shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlariga voleybol sport turi boʻyicha turli yosh toifalari kesimida hamda probatsiya hisobiga olingan shaxslar oʻrtasida musobaqalarni tashkil etib, shahar va tuman birinchiligini oʻtkazish boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida voleybol boʻyicha bellashuvlarni tashkil etish orqali jamoaviy ruhni oshirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish vazifalari belgilandi.
Yigʻilish yakunida viloyat IIB boshligʻi tomonidan belgilangan vazifalarning ijrosini qatʼiy nazoratga olish, har bir shahar va tumanda sport muhitini shakllantirish, sogʻlom va faol yoshlarni tarbiyalash hamda ichki ishlar organlari nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni izchil davom ettirish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati



