Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Eng yaxshi psixolog” tanlovi oʻtkazildi
2025-10-08 12:05:00 / Yangiliklar

Koʻrik–tanlovda ishtirokchilarning bilim saviyasi va IQ darajasi aniqlash, psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni amaliyotga joriy qilish boʻyicha fikrlar va savol-javoblar asosida kechgan bahslarda ishtirokchilarning targʻibot-tashviqot ishlari hamda psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan gʻoyalari, bilim va tajribasi sinovdan oʻtkazildi.
Hakamlar hayʼati tomonidan eʼlon qilingan natijalarga koʻra, Kasbi tumani IIB inspektor-psixologi, katta leytenant Anvar Toshpoʻlatov gʻolib boʻldi.
Navbatdagi oʻrinlarni Muborak tumani IIB inspektor-psixologi leytenant Bobur Ostonov va Shahrisabz shahar IIB katta inspektori, leytenant Eldorjon Nazarov band etishdi.
Ishtirokchilar gʻoliblik diplomi va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Endi gʻolib tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etadi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati







