Namangan viloyati IIB boshligʻi MMA assotsiatsiyasining viloyat boʻlimi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi
2025-10-08 10:55:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda aralash jang sanʼati (MMA)ni ommalashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, murabbiylar malakasini oshirish hamda sport infratuzilmasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sportchilar uchun zamonaviy zal tashkil etish, zarur jihozlar bilan taʼminlash va yoshlar oʻrtasida musobaqalar sonini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Uchrashuv yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlash va MMA sportini viloyatda rivojlantirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



