Namangan davlat texnika universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi
2025-10-08 10:50:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan yoshlarning muammoli murojaatlarini oʻrganish, ularni ijobiy hal etish hamda ularning faolligini oshirishga qaratilgan sayyor qabullar, uchrashuvlar va ochiq muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” Namangan davlat texnika universitetida oʻtkazildi. Tadbirda viloyatning 14 ta shahar va tumanlaridan 200 nafarga yaqin yigit-qizlar hamda universitet talabalari ishtirok etishdi.
Dastlab, boshqarma boshligʻi yoshlar bilan muloqot chogʻida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olishi, sport bilan shugʻullanishi hamda zamonaviy bilimlarni egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilganini taʼkidladi. Shu bilan birga, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar Oʻzbekiston nomini jahon miqyosida munosib targʻib etayotganini alohida qayd etdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv davomida yoshlar oʻz murojaatlarini bildirishdi. Yechimini kutayotgan masalalarning aksariyati joyning oʻzida hal etildi, ayrim murojaatlar esa masʼullarga biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






