Namangan viloyati Chortoq tumanida ichki ishlar boʻlimi xodimlarining aholi tinchligi va hudud osoyishtaligini taʼminlash borasidagi tungi faoliyati oʻrganildi
2025-10-07 14:35:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari shaxsiy tarkibi tomonidan jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha kunu tun xizmat faoliyati amalga oshirilmoqda.
Ushbu xizmat samaradorligini yanada oshirish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan hududlarda doimiy ravishda oʻrganish ishlari olib borilib, joylardagi faoliyatga amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Xususan, Chortoq tumani ichki ishlar boʻlimi xodimlarining tungi vaqtlarda jinoyatlarning oldini olish, jamoat va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyati ishchi guruh tomonidan atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganishlar davomida tumanning markaziy koʻchalarida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarga yoʻriqnoma oʻtkazilib, tungi xizmatni samarali tashkil etish, aholi tinchligi hamda osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, masʼul rahbarlarga serqatnov koʻchalarda yoʻl infratuzilmasini takomillashtirish, haydovchi va piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









