Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning ichki ishlar organlariga taalluqli masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-10-07 14:25:00 / Yangiliklar

Jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatiga oid muammolarni hal etish maqsadida joylarda masʼul rahbarlar tomonidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish amaliyoti izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha koʻrib chiqildi, ularning har biri boʻyicha qonuniy hal choralari belgilandi.
Qabul jarayonida ichki ishlar xodimlari faoliyati bilan bogʻliq savollar hamda huquqiy yordam koʻrsatish masalalariga taalluqli boʻldi.
Fuqarolarning murojaatlariga munosabatda adolat, xolislik va ochiqlik prinsiplariga amal qilindi. Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan joyida hal etish choralari koʻrildi va masʼul mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Bunday qabullar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolariga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati









