Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB tomonidan jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi «Yoʻl posboni»lari faoliyatini tashkil etildi
2024-04-06 13:55:00 / Yangiliklar

Transport vositalari jamiyatda katta ijtimoiy oʻzgarishlarga olib kelib, fuqarolarimizning moddiy imkoniyatlari shaxsiy transportga boʻlgan ehtiyojini kuchaytirmoqda. Mamlakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanib borayotganligi yoʻllarda transport vositalarining keskin koʻpayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi kunda, viloyatmiz aholisi soni 3 560 633 nafar, transport vositalari soni 367 066 ta, avtomobil yoʻllari uzunligi 22 035 kilometr, maktablar soni 1225 tani, shundan yoʻl yoqasida joylashgan maktablar 393 taga yetdi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2018-yil 11-iyun kunidagi «Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi «Yoʻl posboni» toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida»gi 162-sonli buyrugʻiga asosan Qashqadaryo viloyat IIB JXX YHXB tomonidan jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi «Yoʻl posboni»lari faoliyatini tashkil etildi.
Jumladan; 2022-yilda 127 nafar 2023-yilda 234 nafar, jami 361 nafar koʻngillilardan «Yoʻl posbon»lari olinib, tarkibiy tuzilmada 7 nafar OAV hamda jamoatchilik vakillari, 49 nafar fidokor yoshlar va 178 nafar umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilaridan tashkil topgan. Ularga xizmatda foydalanish uchun STOP belgisi, yoʻl posboni kamzuli (jaket) hamda yoʻl posboni beyjiklari tayyorlangan ruxsatnomalar tarqatilib, ularning imkoniyatlaridan hududlardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari va piyodalar oʻtish yoʻlaklarida piyodalar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida foydalanib kelinmoqda.
Bugun yana jamoatchilik vakillaridan 80 nafar koʻngilli «Yoʻl posbon»lari tanlab olinib, kelgusida ular imkoniyatidan ham samarali foydalanish koʻzda tutilgan.
Biz harakat xavfsizligini taʼminlashda barcha kuch va imkoniyatlarimizdan oqilona foydalanib, harakat qatnashchilarini yoʻl intizomiga qatʼiy amal qilishlariga erishsak, hodisalar soni kamayib, koʻplab insonlarning hayotini va salomatligini saqlab qolamiz.
Shu oʻrinda eslatib oʻtamizki, Yoʻl posboni sifatida faoliyat yuritish istagida boʻlgan koʻngilli fuqarolarimizni Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXBga murojaat etishlarini soʻrab qolamiz.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati



