Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi
2025-10-06 09:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganish va hal etish maqsadida joriy yilning 5-oktyabr kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan viloyat aholisi uchun navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Shaxsiy qabul davomida murojaat qilgan fuqarolarning har bir masalasi alohida oʻrganilib, ayrim muammolar joyida hal etildi, boshqalari esa nazoratga olinib, tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda huquqiy asosda yechim topish choralari belgilandi.
Qabul davomida fuqarolarga qonuniy maslahatlar berilib, murojaatlarning har biriga eʼtibor bilan yondashildi.
Andijon viloyati IIB tomonidan bundan keyin ham aholi bilan ochiq muloqot va shaxsiy qabullar muntazam ravishda tashkil etiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









