Xorazm viloyati IIB rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul oʻtkazildi
2025-10-06 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Xorazm viloyati IIB boshligʻi tomonidan boshqarma maʼmuriy binosida shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq yigirmadan ortiq masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari oʻrganildi.
Murojaatlarning aksariyati masʼul xodimlar ishtirokida hal etildi.
Qoʻshimcha oʻrganishlarni talab etgan murojaatlar esa alohida nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati









