Toshkent shahar Shayxontohur tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2025-10-05 14:25:00 / Yangiliklar

Unda 54 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qabul qilinib, murojaatlari tinglandi. Murojaatlarni oʻrganish chogʻida ularning 17 tasi qabulxonaning oʻzida ijobiy hal etildi. 14 tasi boʻyicha malakali huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. 23 ta murojaatlarda keltirilgan maʼlumotlarni atroflicha tekshirish va qonuniy xulosa chiqarish uchun qoʻshimcha muddatlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, ularning ijrosini taʼminlash borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shaxsiy qabul davomida tushgan 36 ta murojaatlar bevosita ichki ishlar organlari bilan bogʻliq boʻlib, ular mazmun-mohiyatiga koʻra: surishtiruv va tergov harakatlari, probatsiya hisobidan chiqarish, mol-mulk va pul mablagʻlarini undirish, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati, respublika fuqaroligini olish hamda pasport tizimiga oid va boshqalarni tashkil etdi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi qabullar jarayonida fuqarolarning murojaatlari, savollariga eʼtibor va individual yondashuv orqali ularning haq-huquqlariga, insoniy manfaatlariga hurmat va kafolat namoyon etilmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati









