Jizzaxda 30-son manzil koloniyasi mahkumlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-10-04 18:35:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati prokurori va viloyat IIB boshligʻi 30-son manzil koloniyasida mahkumlar bilan muloqot oʻtkazdi. Jazo ijrosining qonuniyligi, mahkumlarni kasb-hunarga oʻrgatish va tarbiyaviy ishlar muhokama qilindi.
Koloniyadagi sexlar va hamkor korxonalar, jumladan, 51 nafar mahkum ish bilan taʼminlangan “NEV KAPITAL” MCHJ faoliyati bilan tanishildi. Korxonada mikrokalsit ishlab chiqarilib, xorijga eksport qilinmoqda. Ish 3 smenada tashkil etilgan, hudud nazoratga olingan.
Mahkumlar uchun mehnat sharoitlari yaratilgan, yaqinlari bilan uchrashish va ovqatlanish imkoniyatlari mavjud. Mahkumlar koloniya va korxona rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.
Bunday korxonalarda kasb egallash mahkumlarning ozodlikka chiqqach ijtimoiy moslashuviga yordam beradi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









