Qoʻqon universiteti Andijon filialida tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish hamda yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrashga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi
2025-10-04 12:30:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan tadbir jamiyatimizda tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish hamda yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash maqsadida tashkil etildi.
Unda zoʻravonlik – bu nafaqat bir insonning huquqini poymol qilish, balki butun jamiyat barqarorligiga, oilaning mustahkamligiga raxna soladigan illat ekanligi, bugun har birimiz oilada, ish joyida yoki jamoat joylarida zoʻravonlikka yoʻl qoʻymasligimiz, unga qarshi faol kurashishimiz lozimligi hayotiy misollar orqali taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, yoshlarning ongini buzadigan, ularni jamiyatdan ajratadigan radikal gʻoyalar bugungi kunda eng xavfli xatarlar qatoriga kirganligi, radikallashuv insonni oilasidan, vatanidan, qadriyatlaridan begonalashtirishi, bunday oqimlarga qarshi eng kuchli qurol – bu bilim va maʼrifat ekanligi toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berilib, talabalar eʼtiboriga shu mazmundagi taʼsirchan videoroliklar namoyish etildi.
Albatta bu kabi targʻibot tadbirlarining oʻtkazilishi tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish hamda yoshlarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushmasligida muhim ahamiyat kasb etadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






