Toshkent davlat agrar universitetida “Yoshlarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kafolatlari” mavzusida “Ombudsman maktabi” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2025-10-02 11:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvni Universitet birinchi prorektori J.O.Lapasov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) oʻrinbosari, yuridik fanlari doktori Narimanov Bekzod Abduvalievich, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Abdikarimova Sayyora Sapayevna, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Aslanova Laylo Olimovna, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Giyasova Nilufar Shasaitovnalar va ishtirok etishdi.
Yoshlarga oid davlat siyosati — bu davlatning yosh avlod oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini ifodalaydigan muhim strategik yoʻnalishdir. Oʻzbekiston bu borada aniq qonunchilik asoslariga, mustahkam institutsional tuzilmalarga va amaliy dasturlarga ega.
Eng muhimi, davlat yoshlarga ishonmoqda va ularni jamiyat hayotining barcha jabhalariga jalb etishga intilmoqda. Kelajakda ham bu siyosatni izchil, samarali va tizimli amalga oshirish orqali bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va faol yoshlar avlodini shakllantirishga erishiladi.
Toshkent davlat agrar universiteti






