Toshkent viloyati ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi bilan, viloyat ichki ishlar organlari hamda Jazoni ijro etish departamenti hududiy boʻlinmalari xodimlari ishtirokida sport tadbiri tashkil etildi
2025-10-03 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbir doirasida futbol, stol tennisi, shaxmat hamda arqon tortish boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.
Mazkur bellashuvlar xodimlarning sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash va hamjihatlikni kuchaytirishga qaratildi. Musobaqalar qizgʻin ruhda kechib, kuchlilar munosib ravishda gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Futbol boʻyicha viloyat IIBB 3-mintaqa jamoasi birinchi, viloyat IIBB 2-mintaqa jamoasi ikkinchi, Boʻstonliq tumani IIB jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Stol tennisi boʻyicha IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari birinchi hamda uchinchi, Jazoni ijro etish muassasasi xodimi esa ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Arqon tortish musobaqasida JIEM jamoasi birinchi, Mintaqa jamoasi ikkinchi, Boʻstonliq tumani IIB jamoasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, shaxmat musobaqalarida ham xodimlar oʻz mahoratini namoyon etib, bellashuvlar yuqori saviyada oʻtkazildi.
Tadbir yakunida barcha gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati








